Asosiy kontentga o‘tish
TDIUda Italiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik istiqbollar muhokama etildi
Boshqa14-dekabr, 202419

TDIUda Italiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik istiqbollar muhokama etildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Italiyaning nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan biri – Tuskia universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xorijlik delegatsiyaga Tuskia universiteti rektorining rejalashtirish va boshqaruv nazorati bo‘yicha maslahatchisi professor…

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Italiyaning nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan biri – Tuskia universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xorijlik delegatsiyaga Tuskia universiteti rektorining rejalashtirish va boshqaruv nazorati bo‘yicha maslahatchisi  professor Maurizio Masi boshchilik qildi.  Uchrashuvda TDIU tomonidan O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor S. Mehmonov boshchiligidagi universiteti xodimlari ishtirok etishdi.


Uchrashuv davomida, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish, akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot va madaniy sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda talablar uchun qishki va yozgi maktablarni tashkil qilish bo‘yicha masalalari muhokama qilindi hamda ikki tomonlama kelajakda istiqbolli Anglashuv memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Telegram