TDIUning Menejment ta‘lim dasturi Xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tkazilmoqda
Innovatsion menejment kafedrasi rahbarligidagi "Menejment" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi AQSHning Biznes maktablari va dasturlarini Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadigan ACBSP (Accreditation Council for Business Schools and Programs) tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda.

ACBSPning akkreditatsiya talablariga asosan kafedra jamoasi "Menejment" ta’lim yo‘nalishi dasturiga oid tegish hujjatlarni taqdim etgan va muzokaralar olib borayotgan edi. Bugun akkreditatsiya jarayonining so‘nggi bosqichi hisoblangan Side Visit (OTMga tashrif)ni amalga oshirish maqsadida bir guruh ekspertlar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ekspertlar Innovatsion menejment kafedrasi tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni, ta’lim dasturi stekholderlari (universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talabalar, bitiruvchilar, ish beruvchilar) bilan kichik intervyular o‘tkazishdi.