Asosiy kontentga o‘tish
TDIU professor-o‘qituvchi, izlanuvchi va talabalari uchun Italiyaning Tuskia universiteti bilan hamkorlikda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
Boshqa26-dekabr, 202424

TDIU professor-o‘qituvchi, izlanuvchi va talabalari uchun Italiyaning Tuskia universiteti bilan hamkorlikda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

“Innovatsion menejmnet” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Erasmus granti ICM loyihasi doirasida xorijiy xizmat safarida bo‘lishdi.

“Innovatsion menejmnet” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Erasmus granti ICM loyihasi doirasida xorijiy xizmat safarida bo‘lishdi.
Loyiha ishtirokchilari 2024-yilning 13-dekabrdan – 22-dekabrga qadar Italiyaning Tuskia universiteti bilan hamkorlik doirasida Erasmus haftaligida faol ishtirok etishdi. Hamkor OTMlardan kelgan delegatsiya a’zolari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.

Shuningdek, Tuskia universitetida ta’lim olayotgan o‘zbek talabalari uchun “Mamlakatimizdagi korporativ boshqaruv xususiyatlari” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tildi.
TDIU “Innovatsion menejment” kafedrasi mudiri Bobur Urinov va Tuskia universiteti Rejalashtirish va boshqaruv nazorati bo‘yicha prorektor, “Iqtisodiyot, muhandislik, jamiyat va biznes tashkilotlari” kafedrasi professori Maurizio Masi, Ichki nazorat bo‘yicha prorektor, “Iqtisodiyot, muhandislik, jamiyat va biznes tashkilotlari” kafedrasi professori Fabrizio Rossilar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, Italiyaning Tuskia universiteti bilan hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka va talabalar akademik mobillik dasturlari ta’lim loyihalari bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi. Natijada 2024/2025-o‘quv yilidan Tuskia universiteti bilan magistratura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil qilish, Erasmus donorlik loyihalariga hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. TDIU professor-o‘qituvchi va talabalarini akademik mobilligini tashkil etishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida Tuskia universiteti vakillari ikki tomonlama hamkorlikdan manfaatdor ekanligini, uni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini bildirdilar.

Ma’lumot o‘rnida:
University of Tuscia – THE reytinglarida 601–800th (World University Rankings 2025), 401-500th (Business and Economics Rankings 2024), 301-400th (Social Sciences 2022);
University of Tuscia – QS reytinglarida 901–950th (QS World University Rankings 2025), 201-250th (QS WUR Ranking By Subject 2025), 99th (Europe University Rankings - Southern Europe 2025).

Telegram