Asosiy kontentga o‘tish
Kafedra haqida

Kafedra tarixi, missiyasi va rivojlanish strategiyasi

1989 yilda TXXI ning “Iqtisodiyotni boshqarish” kafedrasi, keyinchalik bu kafedra “Menejment” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etildi. “Menejment” kafedrasi bazasida 2008 yildan boshlab “Menejment” va “Korporativ boshqaruv” kafedralari tashkil etilgan.

30

Xodimlar

Tarixiy yo‘l

Kafedra tarixi va shakllanish bosqichlari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida menejment yo‘nalishidagi kafedralarning shakllanishi va rivojlanishi 1989-yildan boshlangan bo‘lib, yillar davomida tashkiliy jihatdan takomillashib, bugungi “Innovatsion menejment” kafedrasining shakllanishiga olib kelgan.

Menejment va korporativ boshqaruv ta’lim maktabining shakllanishi ko‘p yillar davomida o‘z bilim va tajribasini ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda pedagogik faoliyatga bag‘ishlagan fidoyi professor-o‘qituvchilar mehnati bilan chambarchas bog‘liq.

Ushbu tarix — bu shunchaki kafedralarning qayta tashkil etilishi emas, balki avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ilmiy maktab, ustoz-shogird an’analari va menejment ta’limining shakllanish tarixidir. Har bir kafedra mudiri ushbu tarixning muayyan bosqichida o‘zining ilmiy, pedagogik va tashkiliy hissasi bilan bugungi “Innovatsion menejment” kafedrasi poydevorining mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

 

 

Xronologik rivojlanish bosqichlari

  1. 1989 — 1990

    Toshkent Xalq Xo'jaligi institutida "Iqtisodiyotni boshqarish" kafedrasi tashkil etilgan.

  2. 1990 — 2005

    "Iqtisodiyotni boshqarish" kafedrasi negizida "Ishlab chiqarish menejmenti" va "Savdo menejmenti" kafedralari tashkil etilgan.

  3. 2005 — 2008

    Ikki kafedra qo'shilishi natijasida "Menejment" kafedrasi tashkil etildi.

  4. 2008 — 2024

    "Menejment" va "Korporativ boshqaruv" kafedralari tashkil etildi.

  5. 2024 — hozir

    Ikki kafedra bazasida "Innovatsion menejment" kafedrasi tashkil etildi.

    Hozirgi

Kafedra mudirlari

YilF.I.Sh.Daraja
1990-2024Yo'ldoshev Nuriddin QurbonovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
1990-2005Zaynutdinov Shavkat NuritdinovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
2008-2009Xodiyev Baxodir YunusovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
2009-2014Karlibayeva Raya XojabayevnaIqtisodiyot fanlari doktori, professor
2014-2016Rasulov Nodirbek MadraximovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
2016-2019Begmatova Dilorom BaxodirovnaИқтисод фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), доцент
2019-2020Umarxodjayeva Muyassarxon G‘aniyevnaIqtisod fanlari nomzodi, professor
2020-hozirUrinov Bobur NasilloyevichIqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor