Asosiy kontentga o‘tish
Kafedra mudiri bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi
Ta’lim5-oktabr, 20268

Kafedra mudiri bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment” fakulteti “Innovatsion menejment” kafedrasi mudiri professor B.N.Urinov va kafedraning bitiruvchi kurslar bo‘yicha mas’ullari G.Djurayeva, B.Mardiyev tomonidan MNP-75/23, MNP-76/23, MNP-25/23r, MNP-26/23r, MNP-28/23i, KB-75/23, KB-76/23, KB-28/23i guruhlari talabalari bilan ustoz-shogird tizimi (kuratorlik), yakuniy davlat attestatsiyasi, YaDAK va BMI tanlovi, bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish va muddatlar, career.edu.uz elektron platformasi, dasturlar va uslubiy manbalar mavzularida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvdan maqsad - bitiruvchilarni 2026-2027-o‘quv yilida amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv oldi amaliyoti hamda bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Bitiruvchi kurs talabalariga kafedra o‘qituvchilari orasidan kuratorlar biriktiriladi (har bir o‘qituvchiga 4–5 nafar talaba), tegishli buyruq yaqin kunlarda e’lon qilinadi; kuratorlik o‘quv yili davomida bitiruv ishlari, amaliyot va akademik masalalarda talabalarga, jumladan, talabalar turar joyida (TTJ) hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchilarga ham manzilli ko‘mak ko‘rsatish va nazoratni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Bitiruvchilarga Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (YaDAK) sinovlari hamda bitiruv malakaviy ishi (BMI) himoyasi o‘rtasidagi farq, ularga qo‘yiladigan mezonlar va talablar tushuntirildi; BMI yozishni istagan talabalar tanlangan mavzu va kafedra o‘qituvchilari orasidan tanlangan ilmiy rahbar aniq ko‘rsatilgan rasmiy ariza bilan 1-noyabrga qadar kafedraga murojaat qilishlari shart. Bitiruv oldi amaliyoti yanvar–may oylari oralig‘ida o‘tkaziladi; talabalar amaliyot o‘tadigan korxona yoki tashkilot (amaliyot bazasi) to‘g‘risidagi ma’lumotni ariza shaklida 1-noyabrga qadar taqdim etishlari lozim. 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab amaliyot o‘tash jarayoni career.edu.uz elektron platformasi orqali to‘liq raqamlashtirilgan holda tashkil etiladi, bu borada qo‘shimcha ma’lumotlarni dekanat taqdim etadi. Amaliyot o‘tash hamda bitiruv malakaviy ishini yozish bo‘yicha dasturlar, yo‘riqnomalar, ariza namunalari va talablarni kafedradan, G.Djurayevadan olish mumkin.

Telegram