
📚 Talabalarda strategik fikrlash va amaliy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan master-klass
2026-yil 12-oktabr kuni “Innovatsion menejment” kafedrasi professorlari M.G. Umarxodjayeva, Z.A. Ashurov hamda v.b. dotsent K.A. Nasirova tomonidan “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishining 3-kurs MNP-11 va MNP-12 guruhlari talabalari uchun “Strategik menejment” fanidan “Korporativ strategiyalarni shakllantirish va tashkilotning o‘sish yo‘nalishlarini aniqlash” mavzusida master-klass mashg‘uloti tashkil etildi.
🔹 Mashg‘ulot davomida korporativ strategiyaning mohiyati, diversifikatsiya, vertikal integratsiya, Ansoff matritsasi, portfel boshqaruvi va tashkilotning asosiy o‘sish strategiyalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹 Amaliy keys sifatida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati faoliyati strategik tahlil qilinib, mavjud bozorni kengaytirish, yangi eksport bozorlariga chiqish, tayyor liboslar ishlab chiqarishni rivojlantirish, xususiy brend yaratish, elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanish hamda qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish kabi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
🎯 Master-klassning asosiy maqsadi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularda strategik tahlil o‘tkazish, biznes rentabelligini baholash, xatarlarni aniqlash, samarali strategik qarorlar ishlab chiqish va tashkilotning o‘sish yo‘nalishlarini asosli tanlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
☑ Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning strategik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, real biznes vaziyatlariga yechim topish hamda kelajakda raqobatbardosh va zamonaviy menejerlar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.


