Menejment
Menejment bakalavriat ta’lim dasturi talabalarni zamonaviy tashkilotlarni samarali boshqarish, biznes jarayonlarini tashkil etish, strategik qarorlar qabul qilish va innovatsion rivojlanishni boshqarishga tayyorlaydi.
31
Xodimlar
14
Fan doktori / PhD
23
Fanlar
10
Nashrlar (5 yil)

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Kafedra mudiri murojaati
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Innovatsion menejment kafedrasi sahifasiga xush kelibsiz → bu joyda g‘oyalar amaliyotga, amaliyot esa innovatsiyaga aylanadi.
Kafedramizning asosiy maqsadi: biznes va jamiyat kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lgan ijodkor fikrlovchi, strategik menejerlar va innovatorlardan iborat yangi avlod rahbarlarini tayyorlashdir.
Ta’lim dasturlarimiz orqali talabalar nafaqat chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar, balki innovatsion menejment, loyiha boshqaruvi, operatsion menejment, korporativ boshqaruv, korporativ madaniyat va zamonaviy menejment sohalarida amaliy tajriba ham orttiradilar. Biz yetakchi korxonalar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilamiz, bu esa bitiruvchilarimizni global muammolarga ishonch va ijodkorlik bilan javob bera oladigan mutaxassislar sifatida tayyorlaydi.
Missiyamizning markazida bitta oddiy, ammo chuqur e’tiqod yotadi:
Innovatsiya → boshqacha fikrlaydigan insonlardan boshlanadi.Shu sababli biz talabalarimizni izlanishga, tajriba o‘tkazishga va yuksak natijalarga erishishga ilhomlantiramiz, zamonaviy iqtisodiyotda o‘zgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanish uchun.
Biz kelajakdagi talabalarni, faxrli ota-onalarni va ilg‘or ish beruvchilarni ushbu o‘zgarishlar yo‘lida bizga qo‘shilishga taklif etamiz.
Birgalikda biz kelajakni yanada aqlli, kuchli va innovatsion qilamiz.O‘yla. Yarat. Boshqar. Innovatsion menejment kafedrasi bilan!
Kafedra mudiri
Ta’lim
Mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy standartlar asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari.
Menejment bakalavriat ta’lim dasturi talabalarni zamonaviy tashkilotlarni samarali boshqarish, biznes jarayonlarini tashkil etish, strategik qarorlar qabul qilish va innovatsion rivojlanishni boshqarishga tayyorlaydi.
Xodimlar
Xalqaro nufuzli jurnallarda nashr qiluvchi, ilmiy darajali olimlarimiz.

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Kafedra mudiri

Iqtisodiyot fanlari nomzodi
Professor

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Professor

Dotsentlar
Dotsent
Yangiliklar

Ta’lim· 12-oktabr, 2026
2026-yil 12-oktabr kuni “Innovatsion menejment” kafedrasi professorlari M.G. Umarxodjayeva, Z.A. Ashurov hamda v.b. dotsent K.A. Nasirova tomonidan “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishining 3-kurs MNP-11 va MNP-12 guruhlari talabalari uchun “Strategik menejment” fanidan “Korporativ strategiyalarni shakllantirish va tashkilotning o‘sish yo‘nalishlarini aniqlash” mavzusida master-klass mashg‘uloti tashkil etildi.

Ta’lim· 5-oktabr, 2026
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment” fakulteti “Innovatsion menejment” kafedrasi mudiri professor B.N.Urinov va kafedraning bitiruvchi kurslar bo‘yicha mas’ullari G.Djurayeva, B.Mardiyev tomonidan MNP-75/23, MNP-76/23, MNP-25/23r, MNP-26/23r, MNP-28/23i, KB-75/23, KB-76/23, KB-28/23i guruhlari talabalari bilan ustoz-shogird tizimi (kuratorlik), yakuniy davlat attestatsiyasi, YaDAK va BMI tanlovi, bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish va muddatlar, career.edu.uz elektron platformasi, dasturlar va uslubiy manbalar mavzularida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvdan maqsad - bitiruvchilarni 2026-2027-o‘quv yilida amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv oldi amaliyoti hamda bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Bitiruvchi kurs talabalariga kafedra o‘qituvchilari orasidan kuratorlar biriktiriladi (har bir o‘qituvchiga 4–5 nafar talaba), tegishli buyruq yaqin kunlarda e’lon qilinadi; kuratorlik o‘quv yili davomida bitiruv ishlari, amaliyot va akademik masalalarda talabalarga, jumladan, talabalar turar joyida (TTJ) hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchilarga ham manzilli ko‘mak ko‘rsatish va nazoratni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Bitiruvchilarga Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (YaDAK) sinovlari hamda bitiruv malakaviy ishi (BMI) himoyasi o‘rtasidagi farq, ularga qo‘yiladigan mezonlar va talablar tushuntirildi; BMI yozishni istagan talabalar tanlangan mavzu va kafedra o‘qituvchilari orasidan tanlangan ilmiy rahbar aniq ko‘rsatilgan rasmiy ariza bilan 1-noyabrga qadar kafedraga murojaat qilishlari shart. Bitiruv oldi amaliyoti yanvar–may oylari oralig‘ida o‘tkaziladi; talabalar amaliyot o‘tadigan korxona yoki tashkilot (amaliyot bazasi) to‘g‘risidagi ma’lumotni ariza shaklida 1-noyabrga qadar taqdim etishlari lozim. 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab amaliyot o‘tash jarayoni career.edu.uz elektron platformasi orqali to‘liq raqamlashtirilgan holda tashkil etiladi, bu borada qo‘shimcha ma’lumotlarni dekanat taqdim etadi. Amaliyot o‘tash hamda bitiruv malakaviy ishini yozish bo‘yicha dasturlar, yo‘riqnomalar, ariza namunalari va talablarni kafedradan, G.Djurayevadan olish mumkin.
Talabalarga
Xorijiy OTMlar, ish beruvchilar va kasbiy tashkilotlar bilan hamkorlik.
Universitet va kafedraning asosiy raqamli platformalariga yagona nuqtadan kirish.
Aloqa
Murojaat yuborish
Kafedra rahbariyati yoki o‘qituvchilarga savollaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashingiz mumkin.