KREDIT-MODUL TIZIMI: ZAMONAVIY TA’LIM TALABLARI MUHOKAMA QILINDI
3-sentyabr kuni Akademik faoliyat departamenti tomonidan “Kredit-modul tizimi: o‘quv dasturlari, mustaqil ta’lim va zamonaviy o‘quv adabiyotlariga qo‘yilgan talablar” mavzusida markazlashgan Zoom platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda kredit-modul tizimi sharoitida ta’lim dasturlarini takomillashtirish, talabaning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv natijalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirish hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish, talabaning mustaqil va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘quv-metodik ta’minotni zamonaviy pedagogik va raqamli yondashuvlar asosida takomillashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Seminar yakunida kredit-modul tizimining asosiy tamoyillarini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish ta’lim sifati va talabaning akademik natijadorligini oshirishning muhim omili ekanligi ta’kidlandi.
Innovatsion menejment kafedrasi