Asosiy kontentga o‘tish
TDIU Menejment fakulteti Innovatsion menejment kafedrasida yangi o‘quv yilini samarali va sifatli tashkil etish
Boshqa3-sentabr, 202651

TDIU Menejment fakulteti Innovatsion menejment kafedrasida yangi o‘quv yilini samarali va sifatli tashkil etish

TDIU Menejment fakulteti Innovatsion menejment kafedrasida yangi o‘quv yilini samarali va sifatli tashkil etish, ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminar fakultet dekani va kafedra mudiri boshchiligida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilarning yangi o‘quv yilidagi faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida ta’lim sifati, ijro intizomi, akademik muhit va talabalar manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Seminar yakunida professor-o‘qituvchilarga o‘quv yilini yuqori tashkiliy va ilmiy-pedagogik saviyada olib borish, belgilangan vazifalarni hamjihatlikda amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Birgalikdagi samarali mehnat - sifatli ta’lim va yuksak natijalar garovidir!

Telegram