
«Men tanlagan kasb» — muvaffaqiyatli menejerlik sari ilk qadam!
«Men tanlagan kasb» — muvaffaqiyatli menejerlik sari ilk qadam! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment yoʻnalishi talabalari uchun «Men tanlagan kasb» mavzusida master-klass tashkil etildi. Uchrashuvda xorijiy fuqaro, «May Lav Asia» kompaniyasi prezidenti Taravat Abdulsalom talabalar…
«Men tanlagan kasb» — muvaffaqiyatli menejerlik sari ilk qadam! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment yoʻnalishi talabalari uchun «Men tanlagan kasb» mavzusida master-klass tashkil etildi. Uchrashuvda xorijiy fuqaro, «May Lav Asia» kompaniyasi prezidenti Taravat Abdulsalom talabalar bilan samimiy muloqot qilib, zamonaviy va muvaffaqiyatli menejer boʻlish uchun qanday bilim va koʻnikmalar zarurligi, oʻz ustida ishlash, liderlik qobiliyatini rivojlantirish hamda professional dunyoqarashni kengaytirish uchun qanday adabiyotlarni mutolaa qilish lozimligi yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita soha vakilidan javob olib, kelgusi kasbiy faoliyati uchun muhim motivatsiya va tajribaga ega boʻldilar.



