Asosiy kontentga o‘tish
Magistratura · 70410804

Korporativ boshqaruv

Korporativ boshqaruv magistratura dasturi korporatsiyalarni samarali boshqarish, direktorlar kengashi faoliyati, korporativ strategiya, moliya, risklar, ESG va xalqaro biznes muhitida boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ixtisoslashgan.

70410804 — Korporativ boshqaruv magistratura dasturi korporatsiyalarni samarali boshqarish, direktorlar kengashi faoliyati, korporativ strategiya, moliya, risklar, ESG va xalqaro biznes muhitida boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ixtisoslashgan.

Dastur zamonaviy korporativ boshqaruvning huquqiy, moliyaviy, strategik va institutsional jihatlarini kompleks o‘rganish imkonini beradi.

Asosiy fanlar

01 — Korporativ boshqaruv
Korporatsiyalarda boshqaruv va nazorat tizimlari, aksiyadorlar va manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarni samarali tashkil etish.

02 — Korporativ strategiya
Korporatsiyalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va raqobat ustunligini boshqarish.

03 — ESG va barqaror rivojlanish
Ekologik, ijtimoiy va boshqaruv tamoyillarini korporativ strategiya va biznes jarayonlariga integratsiya qilish.

04 — Korporativ moliya
Korporativ moliyaviy qarorlar, kapital tuzilmasi, investitsiyalar va kompaniyaning moliyaviy samaradorligini boshqarish.

05 — Birlashish va qo‘shilishlar
Korporatsiyalarning birlashishi va qo‘shilishi jarayonlarini strategik, moliyaviy va boshqaruv nuqtayi nazaridan tahlil qilish.

06 — Direktorlar kengashi va korporativ rahbariyat
Direktorlar kengashining roli, korporativ nazorat, rahbariyat mas’uliyati va samarali boshqaruv mexanizmlarini o‘rganish.

Qo’shimcha fanlar

  • Korporativ ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish — ESG
  • Xalqaro korporativ boshqaruv
  • Korporativ huquq
  • Moliyaviy bozorlar
  • Moliyaviy investitsiyalar va korporativ risklar tahlili
  • Korporativ boshqaruv tadqiqotlari va tahlillari
  • Korporativ madaniyat
  • Davlat sektorida korporativ boshqaruv
  • Xalqaro biznes shartnomalari
  • Xalqaro inson resurslarini boshqarish
  • Liderlik va tashkiliy kommunikatsiya
  • Big Data tahlillash usullari

Siz egallaydigan ko‘nikmalar

Talabalar:

  • korporativ boshqaruv tizimlarini baholash;
  • direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish;
  • korporativ strategiyalar ishlab chiqish;
  • korporativ moliya va investitsiyalarni tahlil qilish;
  • korporativ risklarni boshqarish;
  • ESG tamoyillarini biznesga integratsiya qilish;
  • M&A jarayonlarini tushunish va baholash;
  • korporativ madaniyat va liderlikni rivojlantirish

bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.

Karyera imkoniyatlari

Bitiruvchilar korporatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, investitsiya va moliya tashkilotlari, davlat aktivlarini boshqarish tizimi, konsalting kompaniyalari va xalqaro biznesda faoliyat yuritishlari mumkin.

Mumkin bo‘lgan lavozimlar: korporativ boshqaruv mutaxassisi, strategik menejer, korporativ moliya mutaxassisi, risk menejeri, investitsiya tahlilchisi, ESG mutaxassisi, korporativ rivojlanish menejeri va boshqaruv konsultanti.

Hujjatlar