60410800 — Menejment bakalavriat ta’lim dasturi talabalarni zamonaviy tashkilotlarni samarali boshqarish, biznes jarayonlarini tashkil etish, strategik qarorlar qabul qilish va innovatsion rivojlanishni boshqarishga tayyorlaydi.
Dastur iqtisodiyot, biznes va menejment bo‘yicha fundamental bilimlarni amaliy boshqaruv ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtiradi. Talabalar ta’lim davomida inson resurslari, marketing, operatsion faoliyat, moliya, strategiya, innovatsiyalar, loyihalar va risklarni boshqarish bo‘yicha bilim va kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.
Siz nimalarni o‘rganasiz?
01 — Strategik menejment
Tashkilotning uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va strategik qarorlar qabul qilish.
02 — Inson resurslarini boshqarish
Inson kapitalini shakllantirish, xodimlarni rivojlantirish, motivatsiya va samaradorlikni boshqarish.
03 — Innovatsion menejment
Innovatsiyalarni yaratish va joriy etish, innovatsion loyihalarni boshqarish hamda tashkilotning innovatsion salohiyatini rivojlantirish.
04 — Biznes tahlil
Biznes jarayonlari va ma’lumotlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish.
05 — Loyiha menejmenti
Loyihalarni rejalashtirish, resurslarni boshqarish, amalga oshirish va loyiha natijalarini baholash.
06 — Korporativ boshqaruv
Tashkilotlarda boshqaruv, nazorat, manfaatdor tomonlar bilan munosabatlar va samarali korporativ boshqaruv tamoyillarini o‘rganish.
Dastur davomida talabalar quyidagi yo‘nalishlarda ham bilim oladilar:
- Menejmentga kirish
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Mikro va makroiqtisodiyot
- Marketing
- Operatsion menejment
- Sifat menejmenti
- Ishlab chiqarish menejmenti
- Moliyaviy menejment
- Risk menejmenti
- Ekologik menejment
- Savdo menejmenti
- Xalqaro menejment
- Liderlik
- Tadbirkorlik menejmenti
- O‘zgarishlar menejmenti
- Karyerani rejalashtirish va boshqarish
- Big Data tahlilash usullari
Siz egallaydigan ko‘nikmalar
Dastur bitiruvchilari:
- strategik va operatsion qarorlar qabul qilish;
- biznes jarayonlarini tahlil qilish;
- jamoalarni boshqarish;
- inson resurslaridan samarali foydalanish;
- loyihalarni rejalashtirish va boshqarish;
- moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- innovatsiyalarni boshqarish;
- risklarni baholash va boshqarish;
- raqamli ma’lumotlardan foydalanish;
- tashkilotlarda o‘zgarishlarni boshqarish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Karyera imkoniyatlari
Bitiruvchilar davlat va xususiy sektor, bank va moliya tashkilotlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, konsalting kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar va startaplarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Mumkin bo‘lgan lavozimlar: menejer, loyiha menejeri, HR menejer, biznes tahlilchi, operatsion menejer, marketing menejeri, savdo menejeri, strategik rivojlanish mutaxassisi, biznes konsultant va tadbirkor.

