70410105 — Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish magistratura dasturi raqobat siyosati, monopoliyaga qarshi tartibga solish, bozor ustuvorligi, raqobat iqtisodiyoti va zamonaviy ma’lumotlar tahlili bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Dastur iqtisodiyot, huquq, davlat siyosati, strategik boshqaruv va ma’lumotlar tahlilini birlashtirgan holda raqobat muhitini shakllantirish va bozorlarni samarali tartibga solish masalalarini chuqur o‘rganadi.
Asosiy fanlar
01 — Raqobat va bozor ustuvorligi qonuni va iqtisodiyoti
Raqobat muhitini, bozor ustuvorligini va monopoliyalashuv jarayonlarini iqtisodiy va huquqiy jihatdan tahlil qilish.
02 — Monopoliyaga qarshi boshqaruv
Monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlari, bozorlarni nazorat qilish va raqobatni himoya qilish siyosatini o‘rganish.
03 — Raqobat iqtisodiyoti va o‘yin nazariyasi
Bozor ishtirokchilari strategik xatti-harakatlarini, raqobat modellarini va o‘yin nazariyasi asosida qarorlarni tahlil qilish.
04 — Monopoliyaga qarshi boshqaruvda ma’lumotlar tahlili
Bozor ma’lumotlarini tahlil qilish, monopoliyalashuv va raqobat ko‘rsatkichlarini baholash uchun zamonaviy analitik vositalardan foydalanish.
05 — Xorijiy mamlakatlar monopoliyaga qarshi siyosati
Turli mamlakatlarning antimonopoliya siyosati, raqobatni tartibga solish mexanizmlari va xalqaro tajribalarni o‘rganish.
06 — Raqobat qonunlari va iqtisodiyot: hozirgi muammolar
Zamonaviy raqobat siyosatidagi dolzarb muammolar, huquqiy tartibga solish va iqtisodiy tahlil masalalarini o‘rganish.
Qo’shimcha fanlar
- Xulq-atvor iqtisodiyoti va davlat siyosati
- Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatning institutsional asoslari
- Yangi strategiya va raqobatdoshlik
- Big Data tahlillash usullari
- Davlatning iqtisodiy xavfsizligi
- Davlat sektorida korporativ boshqaruv
- Korporativ ijtimoiy mas’uliyat va ESG
- Korporatsiyalarda birlashish va qo‘shilishlar
- Xalqaro biznes shartnomalari
- Liderlik va tashkiliy kommunikatsiya
Siz egallaydigan ko‘nikmalar
Dastur bitiruvchilari:
- bozor va raqobat muhitini tahlil qilish;
- monopoliyalashuv va bozor ustuvorligini baholash;
- raqobat siyosatini ishlab chiqish;
- monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini qo‘llash;
- raqobat qonunchiligini iqtisodiy jihatdan tahlil qilish;
- o‘yin nazariyasidan foydalanish;
- Big Data va boshqa analitik vositalar orqali bozor ma’lumotlarini tahlil qilish;
- davlat siyosati va raqobat muhitining o‘zaro ta’sirini baholash
kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.
Karyera imkoniyatlari
Bitiruvchilar raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish organlari, davlat tashkilotlari, iqtisodiy tahlil markazlari, korporatsiyalar, konsalting kompaniyalari, bank-moliya tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar: raqobat siyosati mutaxassisi, antimonopoliya tahlilchisi, iqtisodiy tahlilchi, davlat siyosati bo‘yicha mutaxassis, bozor tadqiqotchisi, raqobat bo‘yicha konsultant va tadqiqotchi.

