Asosiy kontentga o‘tish
Ilmiy seminar

“Backward Design” yondashuvi asosida ilmiy tadqiqotni rejalashtirish

Yakunlangan16-sentabr, 202611:00TDIU, 7-bino, Zakovat zali

Ma’ruza haqida

 

Mashg‘ulot “Backward Design” yondashuvi asosida ilmiy tadqiqotni rejalashtirish mavzusiga bag‘ishlandi.
Master-klass davomida izlanuvchilarga:
▫️ tadqiqotni yakuniy natijadan kelib chiqib rejalashtirish;
▫️ kutilayotgan ilmiy yangilikni aniq belgilash;
▫️ ilmiy yangilikni asoslovchi dalillarni shakllantirish;
▫️ tadqiqot metodologiyasini maqsad va kutilayotgan natijalarga mos tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar tadqiqot savoli → ilmiy yangilik → dalil → metod ketma-ketligi asosida amaliy mashqlarni bajarib, o‘z tadqiqotlarini mantiqiy va izchil rejalashtirish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Master-klassning asosiy g‘oyasi: “Natija → Dalil → Metod” tamoyili asosida puxta rejalashtirilgan tadqiqot sifatli ilmiy natijaning muhim asosidir.