Asosiy kontentga o‘tish
Urinov Bobur Nasilloyevich
Kafedra mudiri

Urinov Bobur Nasilloyevich

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)

Xona:
1-bino, 3-qavat, Kafedra mudiri xonasi

Qabul:
15:00 dan 16:00 gacha

Telefon:
+998 71 239 28 30

E-mail:
b.urinov@tsue.uz

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Urinov Bobur Nasilloyevich 2019-yil yanvar oyida 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Korxonalarda personalni boshqarishning korporativ usulidan foydalanish samaradorligi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2026-yil yanvar oyida esa 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini yaxshi korporativ boshqaruv asosida oshirish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda u korporativ boshqaruv, menejment, personalni boshqarish, strategik boshqaruv va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

U dastlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olib, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini (2006) olgan. Shundan so‘ng Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan (2008).

Uning dastlabki akademik faoliyati 2009–2014 yillarda Buxoro muhandislik–texnologiya institutida menejment kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlangan. Ushbu davrda u xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, xalqaro menejment, menejment kabi fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari, taqdimotlar, tarqatma materiallar tayyorlagan, imtihon savollarini ishlab chiqqan.

2015–2019 yillarda u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Korporativ boshqaruv” kafedrasida katta ilmiy xodim–izlanuvchi sifatida PhD dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib borgan. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgach, o‘sha kafedrada pedagogik faoliyatni davom ettirgan va korporativ boshqaruv hamda uning amaliyotiga oid fanlardan dars bergan. Katta o‘qituvchi sifatida u o‘qitadigan fanlarning sillabuslarini yaratish, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va magistr hamda bakalavr talabalari bitiruv ishlariga ilmiy rahbarlik qilish bilan shug‘ullangan.

Keyinchalik u bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlangan: Korporativ boshqaruv fakulteti dekan o‘rinbosari, Korporativ boshqaruv fakulteti dekani, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (2019–2020), Korporativ boshqaruv kafedrasi mudiri (2020–2024). 2024 yil sentyabrdan boshlab Innovatsion boshqaruv kafedrasiga rahbarlik qilib, ilmiy va pedagogik faoliyatni davom ettirmoqda.

U korporativ boshqaruv, menejment, personalni boshqarish va oliy ta’lim yo‘nalishlarida bir nechta aabiyotlar, monografiyalar va maqolalarning muallifi va hammuallifidir.

Shuningdek, u AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Avstriya, Polsha, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Turkiyada tadqiqot mobillik, ma’ruza o‘qish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan. Natijada u korporativ munosabatlar, menejment, HRM va oliy ta’lim sohalarida o‘n besh yildan ortiq ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘ldi.

Ma’lumoti:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 08.00.13 – Menejment va 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit tutash ixtisosliklarda Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 2026 yil yanvar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 08.00.13 – Menejment ixtisosligida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2019 yil yanvar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — Xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri, 2008 yil iyun.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — Xalqaro iqtisodiy munosabatlar bakalavri, 2006 yil iyun.

Xalqaro treninglar

Xitoy – Kompyuter fanlari bo‘yicha trening

Ispaniya, Polsha – TEMPUS dasturi doirasida akademik mobillik

Hindiston – Mehnat tadqiqotlari bo‘yicha trening

Avstriya – HRM bo‘yicha Erasmus ilmiy stajirovkasi

Tomsk davlat universiteti – Zamonaviy korporativ boshqaruv mavzusida malaka oshirish dasturi

Istanbul universiteti – Innovatsiya, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish davrida korporativ boshqaruv va menejment mavzusida malaka oshirish dasturi

Portugaliya – Erasmus ilmiy stajirovkasi

Italiya – Erasmus trening

AQSh – Akkreditatsiya bo’yicha trening

Mehnat faoliyati

2024-yil sentyabr – hozirgacha

Innovatsion boshqaruv kafedrasi mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • “Korporativ boshqaruv” va “Menejment” bakalavr/magistr dasturlari uchun o‘quv rejalari ishlab chiqish
  • o‘quv rejaga kiritiladigan fanlarni rejalashtirish
  • fanlar bo‘yicha sillabuslar yaratilishi va ularning sifatini nazorat qilish
  • 35–50 nafar akademik xodimdan iborat kafedra jamoasiga rahbarlik qilish

2020-yil iyun – 2024-yil avgust

Korporativ boshqaruv kafedrasi mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • “Korporativ boshqaruv” bakalavr/magistr o‘quv rejalarini ishlab chiqish
  • o‘quv dasturidagi fanlarni rejalashtirish
  • sillabuslar yaratish jarayonini boshqarish va sifat nazorati
  • 15–25 nafar akademik xodim faoliyatini boshqarish

2020-yil fevral – 2020-yil iyun

Korporativ boshqaruv fakulteti dekani, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • fakultet faoliyatini tashkil etish va boshqarish
  • talabalar ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish
  • dekan o‘rinbosarlariga mas’uliyatlarni taqsimlash va nazorat qilish
  • fakultetni mahalliy va xalqaro maydonda munosib ravishda namoyish etish

2019-yil oktabr – 2020-yil fevral

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish
  • o‘qituvchi va talabalarning xalqaro mobilligini tashkil etish
  • hamkor universitetlardan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish
  • universitet xodimlarini xalqaro masalalar bo‘yicha yo‘naltirish va boshqarish

2019-yil fevral – 2019-yil oktabr

Korporativ boshqaruv fakulteti dekan o‘rinbosari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • ta’lim jarayonini tashkil etishda ko‘maklashish
  • xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritish

2019-yil yanvar – 2019-yil fevral

PhD o‘qituvchisi, Korporativ boshqaruv kafedrasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • ma’ruza o‘qish, sillabuslar yaratish
  • o‘quv materiallari, taqdimotlar, tarqatma materiallar tayyorlash
  • imtihon savollarini tuzish
  • bitiruv ishlariga ilmiy rahbarlik qilish

2018-yil yanvar – 2018-yil dekabr

Korporativ boshqaruv kafedrasi o‘qituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • ma’ruza o‘qish, taqdimotlar va o‘quv materiallari tayyorlash
  • imtihon savollarini ishlab chiqish

2015-yil yanvar – 2017-yil dekabr

Katta ilmiy xodim – izlanuvchi, Korporativ boshqaruv kafedrasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

  • “Korxonalarda personalni boshqarishning korporativ usulidan foydalanish samaradorligi” mavzusida PhD tadqiqotlarini amalga oshirish

2009-yil yanvar – 2014-yil dekabr

Menejment kafedrasi o‘qituvchisi, Buxoro muhandislik–texnologiya instituti

  • fanlardan ma’ruza o‘qish
  • o‘quv qo‘llanmalar, taqdimotlar, tarqatma materiallar tayyorlash
  • imtihon savollarini tuzish

Mukofotlar

2021 yil noyabr — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “90 yilligi” ko‘krag nishoni bilan taqdirlangan.

2011 yil avgust — “Istedod” Jamg’armasi granti sovrindori bo’lgan.

Ilmiy qiziqishlar

Korporativ boshqaruvMenejmentKorporativ moliyaKorporativ madaniyatKorporativ strategiyaStrategik menejment
Tillar:O‘zbek · Rus · Ingliz · Turk · Fransuz · Tojik