Asosiy kontentga o‘tish
Xalqaro menejment fanidan binar ma’ruza bo‘lib o‘tdi
Boshqa6-oktabr, 2025167

Xalqaro menejment fanidan binar ma’ruza bo‘lib o‘tdi

2025-yil 6-oktabr kuni soat 15:00 da 431-auditoriyada MNP-61 va MNP-62 guruhlari uchun “Xalqaro menejment” fanidan navbatdagi binar ma’ruza tashkil etildi.

2025-yil 6-oktabr kuni soat 15:00 da 431-auditoriyada MNP-61 va MNP-62 guruhlari uchun “Xalqaro menejment” fanidan navbatdagi binar ma’ruza tashkil etildi.
🎙 Ma’ruzachilar:

Kadirxodjayeva Nilufar Raxmatullayevna — “Innovatsion menejment” kafedrasi dotsenti
Tarawat Abdul Salam — My Lovely Asia Co. kompaniyasi General direktori
✏️ Mavzu: “Xalqaro bozorni tanlash jarayoni”
🖥Ma’ruzada xalqaro bozorni tanlashning nazariy asoslari, kichik va o‘rta korxonalarning yirik korxonalarga nisbatan afzalliklari hamda bozorni kengaytirish strategiyalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, global mahsulotlar va bozorlar portfelini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📎 Mehmon ma’ruzachi o‘zining xalqaro biznesdagi shaxsiy tajribasi va amaliy yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi.
💬 Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi.

📌 Bunday binar ma’ruzalar talabalar uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, shuningdek, xalqaro menejmentning real hayotdagi qo‘llanishini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

📖 Состоялась бинарная лекция по дисциплине «Международный менеджмент»

Telegram