
Mahorat sabogʻi va uchrashuv oʻtkazildi!
✔️ 2025-yilning 6-oktyabr kuni «Menejment» yo‘nalishining MNP-75 va MNP-76 guruhlari talabalari uchun ajoyib va mazmunli uchrashuv tashkil etildi!



✔️ 2025-yilning 6-oktyabr kuni «Menejment» yo‘nalishining MNP-75 va MNP-76 guruhlari talabalari uchun ajoyib va mazmunli uchrashuv tashkil etildi!
🗣 Tadbir dotsent M.Azlarova tomonidan tashkillashtirildi. Unda «My lovely Asia CO» kompaniyasining bosh direktori Taravat Abdul Salam mehmon bo‘lib, «Menejerning vaqtni samarali rejalashtirish va uning optimallashtirish usullari» mavzusida mahorat sabog‘i o‘tkazdi.
☄️ Uchrashuv davomida spiker o‘zining boshqaruv faoliyatida to‘plagan boy tajribasi, strategik qarorlar qabul qilishda uchraydigan muammolar va ularni samarali hal etishning ahamiyatli usullari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
❓ Savol-javob va qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan ushbu muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga amaliyotdan kelib chiqqan foydali maslahatlarni olishdi. Uchrashuv yoshlarda strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi loyihalarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
