Ilmiy tadqiqot sohasida Turin universiteti bilan hamkorlik qilinadi
Italiyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni o'rnatish maqsadida Turin universitetiga tashrif buyurgan universitet delegatsiyasi mazkur universitet bilan hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Turin universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy tadqiqot grantlarida ishtirok etish, mazkur oliy ta'lim muassasasidan o'quv jarayoniga professor-o'qituvchilarni ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga jalb qilish kabi muhim yo'nalishlarida hamkorlik qilishga kelishildi.
Shuningdek, mazkur xorijiy oliy ta'lim muassasasi vakillari universitetimz vakillari taqdimotlari so'ngida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yaratilgan infratuzilma, xalqaro aloqalardagi tajribasi va salohiyati hamkorlikning barcha yo'nalishlariga yetarli asos bo'lib xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Ma'lumot uchun: Italiyaning Turin univerteti (UniTo) QS xalqaro reytingida WUR (World university ranking) kategoriyasi bo'yicha #300-371, By subject #42, Eutopean University ranking #21 o'rinni egallagan. tarjima qil ingliz va rus tiliga