
Piza universitetidan ta‘lim jarayoniga professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi
Infratuzilmani rivojlantirish va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Sindarov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Italiyaning Piza universitetida amaliy uchrashuv o'tkazdi.
Infratuzilmani rivojlantirish va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Sindarov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Italiyaning Piza universitetida amaliy uchrashuv o'tkazdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik yo'nalishlari muhokama etilidi. Natijada, mazkur xorijiy oliy ta'lim muassasasidan professor-o'qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish orqali xalqaro ilmiy tadqiqot grantlarida ishtirok etish, master-klasslar tashkil etishga kelishib olindi.
Shuningdek, Piza universiteti tomonidan qo'shma ta'lim dasturi hamda akademik mobillikni yo'lga qo'yish bo‘yicha takliflar e'tirof etildi.
Ma'lumot uchun aytish kerakki, Piza univerteti QS xalqaro reytingida WUR (World university ranking) kategoriyasi bo'yicha #300-382, by subject #22, European University ranking #136 o'rinni egallagan.



