Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Italiya oliy ta‘lim muassasasi bilan hamkorlik qilinadi
Xabar qilganimizdek, Italiyada xizmat safarida bo'lib turgan universitet delegatsiyasi Tusika universiteti bilan magistratura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil qilish, Erasmus donorlik loyihalariga hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan edi.

Bugun mazkur delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Rim Uchinchi (Rome Tre) universiteti bilan 2024/2025 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish borasida mazkur xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama muloqotlar natijasida, Italiyaning yetakchi ushbu oliy ta’lim muassasasi bilan, nafaqat qo‘shma ta’lim dasturi, qolaversa akademik mobillik va stajirovka dasturlarini hamkorlikda tashkil etish yuzasidan ham qator kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun: Italiyaning Rim Uchinchi (Rome Tre) universiteti QS xalqaro reytingida By Subject kategoriyasi bo‘yicha 151-200-o‘rinni egallagan. Universitetda 33 mingdan ortiq talabalar ta’lim oladi.