
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus kon-metallurgiya sanoati bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish, ilmiy-amaliy…
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus kon-metallurgiya sanoati bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda konchilik va metallurgiya sohasi barqaror rivojlanib, strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda 38 ming nafardan ortiq mutaxassisni birlashtirgan va O‘zbekiston rangli metallurgiyasi yetakchisi hisoblangan “Olmaliq KMK” AJ tarkibida 40 dan ortiq millat va elat vakillari mehnat qilmoqda.
70 yildan ortiq faoliyat tarixiga ega bo‘lgan mazkur kombinat mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Uning ishlab chiqarish salohiyati Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo‘rg‘oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslangan.
Hamkorlik doirasida “Olmaliq KMK” AJ bazasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion menejment” kafedrasining filialini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda kombinatning rahbariyati va yetakchi mutaxassislari, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.





