
“Menejment” mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyasi
2026-yil 1-iyun kuni “70410801 – Menejment” mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi huzuridagi “Innovatsion menejment” kafedrasi filialida muvaffaqiyatli tashkil etilishi oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy namunasi…

2026-yil 1-iyun kuni “70410801 – Menejment” mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi huzuridagi “Innovatsion menejment” kafedrasi filialida muvaffaqiyatli tashkil etilishi oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy namunasi boʻldi.

Tarmoqning yetakchi ekspertlari va professor-oʻqituvchilar ishtirokida oʻtgan tadbirda, bugungi bozor talablariga mos keladigan dolzarb tadqiqot mavzulari ishlab chiqarish vakillarida katta qiziqish uygʻotdi va ularni bevosita amaliyotga integratsiya qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Soha mutaxassislari magistrantlarning innovatsion gʻoya va ishlanmalarini yuqori baholab, ushbu izlanishlarni kelgusida falsafa doktori (PhD) darajasidagi yirik ilmiy tadqiqot ishlari sifatida davom ettirish va chuqurlashtirishni taklif qilishdi.
