Asosiy kontentga o‘tish
“Menejment” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi
Ilmiy2-iyun, 202639

“Menejment” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi: Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy samarasi

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi: Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining amaliy samarasi

 

2026-yil 2-iyun kuni “Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi mutlaqo yangi formatda – “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Innovatsion menejment” kafedrasi filialida muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Tadqiqot ishlarining himoyasi davomida magistrantlar tomonidan taqdim etilgan ilmiy-amaliy ishlanmalar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini modernizatsiya qilish hamda klasterlar samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik yondashuvlar soha mutaxassislarida katta qiziqish uygʻotdi.

“Innovatsion menejment” kafedrasi filialida oʻtkazilgan ushbu himoya jarayoni oliy ta’lim va sanoat hamkorligi nafaqat kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga, balki tarmoq korxonalarining innovatsion rivojlanish drayveriga aylanadigan ilmiy asoslangan yechimlarni shakllantirishga xizmat qilishini koʻrsatdi.

Telegram