Asosiy kontentga o‘tish
Kitobsevarlar turniri 4-tur o’tkazildi
Boshqa25-mart, 202645

Kitobsevarlar turniri 4-tur o’tkazildi

2026-yil 25-mart kuni soat 13:30 da 3/302-xonada “Menejment” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Why Nations Fail” (“Mamlakatlar tanazzuli sabablari”) kitobi asosida mazmunli, qiziqarli va intellektual ruhdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning…

2026-yil 25-mart kuni soat 13:30 da 3/302-xonada “Menejment” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Why Nations Fail” (“Mamlakatlar tanazzuli sabablari”) kitobi asosida mazmunli, qiziqarli va intellektual ruhdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, jahon iqtisodiyoti va jamiyat taraqqiyotiga oid muhim qarashlar bilan tanishtirish, mustaqil fikrlash hamda tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Kitobsevarlar turnirida jami 15 nafar talaba faol ishtirok etib, o‘zining bilimdonligi, zukkoligi, tezkor fikrlashi va kitob mazmunini qay darajada o‘zlashtirganini namoyon etdi. Ayniqsa, asarda ilgari surilgan mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, institutlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda tarixiy jarayonlarning bugungi kun bilan bog‘liqligi yuzasidan berilgan savollar talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning natijalari sarhisob qilinib, eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan talabalar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Baxriddinov Behruzbek, 2-o‘rinni Xudoyberdiyev Samandar, faxrli 1-o‘rinni esa Mamadiyorov Shoxrux egalladi. G‘olib va faol ishtirokchilar munosib e’tirof etilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va intellektual faolligi yuqori baholandi.

Batafsil: https://t.me/science_club_cgdepartment/336

Telegram