Asosiy kontentga o‘tish
Kitobsevarlar turniri 1-tur o’tkazildi
Boshqa9-oktabr, 202535

Kitobsevarlar turniri 1-tur o’tkazildi

Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Kitobxonlar turniri” bo‘lib o‘tdi. Turnirda muhokama uchun taniqli yozuvchi Gladwell Malkolmning “Zukkolar va landovurlar” nomli kitobi tanlandi. Tadbirning asosiy maqsadi…

Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Kitobxonlar turniri” bo‘lib o‘tdi. Turnirda muhokama uchun taniqli yozuvchi Gladwell Malkolmning  “Zukkolar va landovurlar” nomli kitobi tanlandi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda tanqidiy fikrlash, tezkor tahlil qilish va yangicha yondashuvni shakllantirish, shuningdek, zamonaviy menejer shaxsiga xos bilim va madaniyatni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Turnir davomida talabalar: kitobdagi g‘oyalarni real hayotiy misollar bilan bog‘lashdi, muallif ilgari surgan “aqlli mehnat, tezkor o‘sish va kreativ yondashuv” tamoyillarini tahlil qilishdi, jamoaviy muhokamalar orqali o‘z fikrini asoslash va yetkazish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Tadbirda 10 dan ortiq guruhlar ishtirok etishdi va  uchta eng ko’p ball to’plagan guruhlar saralanib, esdalik sovg’alar topshirildi  Bundan tashqari eng faol ishtirokchilar “Eng chuqur tahlil”, “Eng faol talaba” va “Eng ijodkor fikr” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.

Tadbir yakunida talabalar ushbu turnir ularni yangicha fikrlashga, menejerlik qarorlarida kreativ yondashuvni qo‘llashga va muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirishga ilhomlantirganini ta’kidlashdi.

Batafsil: https://t.me/tsue_management_faculty/9622

Telegram