Asosiy kontentga o‘tish
“Backward Design” yondashuvi asosida ilmiy tadqiqotni rejalashtirish mavzusida master-klass o‘tkazildi
Ilmiy16-sentabr, 2026121

“Backward Design” yondashuvi asosida ilmiy tadqiqotni rejalashtirish mavzusida master-klass o‘tkazildi

2026-yil 16-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-binosida joylashgan “Zakovat xonasi”da tadqiqotchilar uchun ilmiy tadqiqotlarni samarali rejalashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi master-klass tashkil etildi.

Master-klassni Innovatsion menejment kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Urinov Bobur Nasilloyevich olib bordi. Mashg‘ulot “Backward Design” yondashuvi asosida ilmiy tadqiqotni rejalashtirish mavzusiga bag‘ishlandi.
Master-klass davomida izlanuvchilarga:
▫️ tadqiqotni yakuniy natijadan kelib chiqib rejalashtirish;
▫️ kutilayotgan ilmiy yangilikni aniq belgilash;
▫️ ilmiy yangilikni asoslovchi dalillarni shakllantirish;
▫️ tadqiqot metodologiyasini maqsad va kutilayotgan natijalarga mos tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar tadqiqot savoli → ilmiy yangilik → dalil → metod ketma-ketligi asosida amaliy mashqlarni bajarib, o‘z tadqiqotlarini mantiqiy va izchil rejalashtirish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Master-klassning asosiy g‘oyasi: “Natija → Dalil → Metod” tamoyili asosida puxta rejalashtirilgan tadqiqot sifatli ilmiy natijaning muhim asosidir.

Telegram