Skip to main content
“Ustozim – hayotim chirogʻi” mavzusida tadbir tashkil etildi
OtherOctober 6, 202582

“Ustozim – hayotim chirogʻi” mavzusida tadbir tashkil etildi (original language)

2025-yil 6-oktabr kuni “Menejment” fakulteti “Innovation menejment” kafedrasi tomonidan “Ustozim – hayotim chirogʻi” mavzusida tadbir tashkil etildi. (original language)

2025-yil 6-oktabr kuni “Menejment” fakulteti “Innovation menejment” kafedrasi tomonidan “Ustozim – hayotim chirogʻi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Bugun biz, professor o’qituvchilar, ustozimiz - Nordic xalqaro Universiteti professori  Tulayev Mirzaqul Salomovich ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Bu tashrif biz uchun nafaqat ustoz bilan uchrashuv,  ilmiy va ma’naviy saboqlarni olish, ularning tajribalaridan bahramand bo‘lish imkoniyati ham bo‘ldi.

Samimiy suhbat davomida u kishi o‘z ilmiy faoliyatlari, yoshlik yillari, ustozlaridan olgan saboqlari haqida so‘zlab berdilar. Ularning har bir so‘zi bizga ibrat, har bir nasihati esa kelajak hayotimiz uchun yo‘l-yo‘riq bo‘ldi.

Biz ustozimizni “Ustozlar kuni” bilan tabriklab, hurmat-ehtiromimiz ramzi sifatida sovg‘alar taqdim etdik. U kishi esa o‘z navbatida: “Eng katta sovg‘a - sizlarning yutuqlaringiz, jamiyatda o‘z o‘rningizni topib, xalqimizga foyda keltirishingizdir”,
- deb bizni ilhomlantirdilar.

Ustoz bilan suhbat chog‘ida qalbimiz faxr va minnatdorlik tuyg‘usiga to‘ldi. Chunki ustoz – ilm chirog‘ini yoquvchi, shogird qalbiga nur baxsh etuvchi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi eng mo‘tabar insondir.

Fakultet talabalari bu tashrifdan katta ruhiy ozuqa oldi va yana bir bor angladikki: ustozning yo‘l yo‘rig’i - shogird uchun yuksak rag‘batdir.

(original language)