
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi ACBSP 25 konferensiyasida ishtirok etmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan ACBSP (Accreditation Council for Business Schools and Programs) tashkilotining konferensiyasida ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli tadbir iqtisodiyot, biznes va boshqaruv sohalarida sifatli ta’limni…
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan ACBSP (Accreditation Council for Business Schools and Programs) tashkilotining konferensiyasida ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli tadbir iqtisodiyot, biznes va boshqaruv sohalarida sifatli ta’limni targ‘ib etayotgan dunyoning yetakchi 100 dan ortiq davlatlari oliy ta’lim muassasalari vakillarini bir joyga jamladi.
Konferensiya doirasida TDIU vakillari xalqaro akkreditatsiya jarayonlari, ta’lim sifatini boshqarish, innovatsion pedagogik yondashuvlar, raqamli ta’lim, ta’limda sun’iy intellekt va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Shuningdek, universitet delegatsiyasi ACBSP ekspertlari bilan samarali muloqotlar olib borib, hamkorlik istiqbollari, bakalavr va magistratura dasturlari akkreditatsiyasi va sifat baholashning zamonaviy standartlari bo‘yicha muhim muzokaralar o‘tkazdi.
TDIUning ushbu xalqaro konferensiyadagi ishtiroki universitetning global ta’lim makonidagi o‘rnini mustahkamlash, xalqaro akademik hamkorlik aloqalarini kengaytirish va sifatli ta’limni yana-da rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konferensiya davom etmoqda.
