Asosiy kontentga o‘tish
TDIU professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida malaka oshirmoqda
Boshqa20-yanvar, 202618

TDIU professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida malaka oshirmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion menejment kafedrasi mudiri boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar guruhi Istanbul universitetida “Innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish davrida korporativ boshqaruv va menejment” mavzusidagi malaka oshirish kursida…

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion menejment kafedrasi mudiri  boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar guruhi Istanbul universitetida “Innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish davrida korporativ boshqaruv va menejment” mavzusidagi malaka oshirish kursida ishtirok etish uchun Istanbul shahriga yetib keldi.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida “Innovatsion va raqamli muhitda korporativ boshqaruvning zamonaviy konsepsiyalari” mavzusida seminar, “Korporativ boshqaruv fanlari mazmunini tuzish va yangilash” mavzusida workshoplar tashkil etildi.

Workshoplar jarayonida ushbu soha ta’limida  o‘yinlashtirish (gamification) va sun’iy intellekt (AI)dan samarali foydalanish yo‘nalishlari chuqur o‘rganildi. Xususan, AI yordamida o‘quv kontentini moslashtirish, baholash jarayonlarini avtomatlashtirish, simulyatsiya va keyslar asosida interaktiv ta’limni kuchaytirish, shuningdek gamification vositalari orqali talabalar motivatsiyasi va ishtirokini oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: Istanbul university QS World University Rankings (WUR) 2025-yil natijalariga ko‘ra 628-o‘rinni egallagan.

Telegram