Asosiy kontentga o‘tish
“O‘yla. Yarat. Yetakla.”
Ta’lim8-sentabr, 202678

“O‘yla. Yarat. Yetakla.”

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion menejment” kafedrasi tomonidan 1-kurs talabalari uchun “O‘yla. Yarat. Yetakla.” g‘oyasi asosida tanishuv va kasbiy yo‘naltirish uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalarga zamonaviy menejerning kasbiy kompetensiyalari, kafedraning ta’lim va ilmiy yo‘nalishlari, keyslar, loyihalar, stajirovkalar va soha mutaxassislari bilan hamkorlikka asoslangan amaliy ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, strategik fikrlash, liderlik, jamoada ishlash, biznes va loyihalarni rejalashtirish, bozor va raqobatni tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish hamda birinchi kursdanoq o‘z professional rivojlanish trayektoriyasini belgilab borish muhimligi ta’kidlandi.

Telegram