MUSTAQILLIK DARSI O‘TKAZILDI
2026-yil 14-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion menejment kafedrasi tomonidan KB-75 va KB-76 guruhlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

Mazkur dars kafedra professor-o‘qituvchisi G‘anijon G‘ayratovich Ibragimov tomonidan ma’ruza shaklida o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish tarixi, uning mamlakatimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘li haqida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanga sadoqat va fuqarolik mas’uliyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Dars davomida talabalar bilan mavzu yuzasidan fikr almashilib, ularning mustaqillik, milliy qadriyatlar va yurtimiz kelajagiga oid qarashlari muhokama qilindi.
O‘tkazuvchi:
G‘anijon G‘ayratovich Ibragimov
Innovatsion menejment kafedrasi
DSc, dotsent