
Kitobsevarlar turniri 2-tur o’tkazildi
2025-yil 20 noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat” xonasida Kitobsevarlar turnirining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jami 7 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa berilgan savollarga tezkor va aniq javob berish orqali intellektual bellashuvda o‘z bilim va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish…
2025-yil 20 noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat” xonasida Kitobsevarlar turnirining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jami 7 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa berilgan savollarga tezkor va aniq javob berish orqali intellektual bellashuvda o‘z bilim va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Turnir davomida jamoalar o‘rtasida teng kuchli raqobat bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun nomzod jamoalar aniqlandi. G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, bellashuv davomida alohida faollik ko‘rsatgan ishtirokchilar rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol talaba” nominatsiyasi bo‘yicha ham esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir yuqori saviyada, do‘stona muhitda o‘tdi va talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
