
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy davra suhbati
✔️ TDIU “Menejment” fakulteti “Innovatsion menejment” kafedrasi tomonidan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.



✔️ TDIU “Menejment” fakulteti “Innovatsion menejment” kafedrasi tomonidan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
☄️ Mazkur tadbirda faxriy mehmon sifatida “Мечтатели” nomli jadidchilik tarixi haqidagi hujjatli film rejissyori Saliyev Ruslan Maratovich ishtirok etdi. Film jadidlar harakati, ularning milliy uyg‘onish, istiqlol va davlatchilik borasidagi ezgu g‘oyalari hamda ma’rifat yo‘lidagi fidokorona faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan.
E’tiborlisi, mazkur film 2024-yil iyun oyida Cannes shahrida bo‘lib o‘tgan World Film Festival doirasida “Eng yaxshi ta’lim filmi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
💥 Davra suhbati davomida talabalar jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati, uning bugungi kundagi ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
🎮 Shuningdek, mehmon bilan ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
