
“Innovatsion menejment” kafedrasi huzurida Hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Innovatsion menejment” kafedrasi huzurida tashkil etilgan Hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Innovatsion menejment” kafedrasi huzurida tashkil etilgan Hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda menejment ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Hamkorlik kengashi tarkibiga kiritilgan tegishli vazirlik, qo‘mita va yirik ishlab chiqarish korxonalari mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida menejment sohasida ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga muvofiq takomillashtirish hamda talabalar uchun amaliy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik kengashi doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
- menejment ta’limi sifatini oshirish;
- ta’lim dasturlarini mehnat bozori va real sektor ehtiyojlariga moslashtirish;
- oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
- ilg‘or tajriba va bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
- talabalar uchun amaliyot va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish.
Hamkorlik kengashining tashkil etilishi universitet, davlat tashkilotlari va real sektor o‘rtasidagi tizimli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, menejment sohasida zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlashda muhim qadam bo‘ldi.
