
Jumadullayeva Durdona Shuxrat qizi
1998-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega. 2021-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Korporativ boshqaruv” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini, 2023-yilda esa mazkur yo‘nalish bo‘yicha magistraturani imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Bakalavriat bosqichida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro ta’lim dasturi doirasida ikki marotaba grant asosida akademik mobillik dasturida ishtirok etgan. Jumladan, Bolgariyaning Varna University of Management hamda Gretsiyaning Panteion University of Social and Political Sciences universitetlarida tahsil olib, xalqaro ta’lim tajribasiga ega bo‘lgan.
Magistratura bosqichida hamda undan keyingi ikki yil davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Korporativ boshqaruv” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. Mazkur davr mobaynida “Korporativ boshqaruv” va “Xalqaro korporativ boshqaruv” fanlaridan bakalavriat talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib borgan hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatda ishtirok etgan.
Hozirgi vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Innovatsion menejment” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, tayanch doktorantura bosqichida tahsil olib, “Menejment” ixtisosligi doirasida PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ilmiy-pedagogik faoliyati korporativ boshqaruv, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, zamonaviy menejment va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish masalalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.

