Asosiy kontentga o‘tish
Talabalarga

Akademik taqvim

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Akademik kalendar o‘quv mashg‘ulotlari, attestatsiyalar, amaliyot, davlat attestatsiyasi, ta’til va boshqa o‘quv jarayonlarini tashkil etish muddatlarini belgilaydi.

Bakalavriat uchun akademik kalendar quyidagi asosiy jarayonlarni qamrab oladi:

  • Nazariy va amaliy ta’lim;
  • Kredit-modul tizimi haftaliklari;
  • Oraliq va yakuniy attestatsiyalar;
  • Malakaviy amaliyot;
  • Davlat attestatsiyasi;
  • Ta’til davrlari.

4-kurs talabalari uchun o‘quv jarayonining yakuniy bosqichida malakaviy amaliyot va davlat attestatsiyasi tashkil etiladi.

Magistratura akademik kalendari quyidagi asosiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi:

  • Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat;
  • Attestatsiyalar;
  • Ilmiy amaliyot;
  • Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
  • Davlat attestatsiyasi;
  • Ta’til;
  • Kredit-modul tizimi haftaliklari.

Akademik kalendarni ko‘rish

Quyidagi jadvalda bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlari bo‘yicha o‘quv jarayonining haftalar kesimidagi taqsimoti keltirilgan.

Belgilanishlar:

N — Nazariy va amaliy ta’lim
A — Attestatsiyalar
M — Malakaviy amaliyot
D — Davlat attestatsiyasi
T — Ta’til
K — Kredit-modul tizimi haftaligi

Akademik kalendar universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar asosida shakllantiriladi.