Asosiy kontentga o‘tish

📌 Bitiruvchilarimizdan biri — “Kapital Sug‘urta” AJ Qayta sug‘urtalash va xalqaro aloqalar departamenti mutaxassisi Sardor Yulchiyev bilan tanishing! «Men o‘z faoliyatimni 2024-yil iyun oyida “Kapital Sug‘urta” AJda stajyor sifatida boshlaganman. Hozirda Qayta sug‘urtalash va xalqaro aloqalar departamentida mutaxassis lavozimida faoliyat yuritmoqdaman. Ish faoliyatim universitetda tahsil olish davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarimni real kasbiy vaziyatlarda qo‘llash, shu bilan birga, sug‘urta va qayta sug‘urtalash sohasida bilimlarimni oshirish hamda kasbiy rivojlanishda davom etish imkonini bermoqda». — Sardor Yulchiyev

Sardor Yulchiev

Sardor Yulchiev

“Kapital Sug‘urta” AJ Qayta sug‘urtalash va xalqaro aloqalar departamenti mutaxassisi. · 2024

“Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ‘Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)’ ta’lim yo‘nalishida tahsil olish hayotimdagi eng yaxshi qarorlardan biri bo‘ldi. Kafedramizda berilgan menejment sohasidagi chuqur va zamonaviy bilimlar, moliyaviy va biznes tahlili ko‘nikmalari, shuningdek, professor-o‘qituvchilarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi talabalik davrimdayoq ACCA xalqaro imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishim va amaliyotda yetakchi moliyaviy tahlilchi sifatida shakllanishim uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi. ‘Menejment’ ta’lim yo‘nalishi biznesni boshqarishni, strategik fikrlashni va kelajakda istalgan sohada yetakchi bo‘lishni istagan yoshlar uchun ideal tanlovdir!”

Diyorbek Erkinjonov

Diyorbek Erkinjonov

Moliyaviy analitik · 2022

📌 Bugun sizlarga faxrli bitiruvchilarimizdan biri, hozirda Freedom Broker Academy rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Doniyorbek Axmedovni tanishtiramiz. 📌 Doniyorbek 2020-yildan buyon Freedom Broker kompaniyasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalarga ham dars beradi. 📌 U 2022-yil oxirigacha treyder sifatida ishlagan, bir nechta professional sertifikatlarga ega bo‘lgan. Bugungi kunda esa Freedom Broker Academy rahbari sifatida moliyaviy savodxonlik va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. 💬 Doniyorbekning hayotiy shiori: «Eng yaxshi investitsiya — bu o‘zingizga kiritilgan investitsiyadir!»

Doniyorbek Akhmedov

Doniyorbek Akhmedov

Freedom Broker akademiyasi raxbari · 2021

📌 Let us introduce one of our distinguished alumni, Sarvar Narzullayev, whose trajectory from capital markets in Tashkent to graduate study in Europe's financial capital exemplifies what a TSUE education can set in motion. 📌 Sarvar worked as a Securities & Capital Markets Specialist at Freedom Finance Uzbekistan. 📌 With that experience and ambition on hand, he won the DAAD ERP Scholarship to pursue a graduate finance education at Goethe University Frankfurt, in the heart of Europe's financial capital.

Sarvar Narzullayev

Sarvar Narzullayev

Qimmatli qog‘ozlar va kapital bozori bo‘yicha mutaxassis. · 2021

2008 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – menejment bakalavr, 2013 y. Yaponiyada Vaseda universiteti ni tamomlab, 2008 yildan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassis, Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2023 yildan xozirga kadar “U-ENTER” Innovatsion tadbirkorlik markazi direktori lavozimida ishlab kelmokda. Tokent davlat iqtisodiyet universiteti “Innovatsion menejment” kafedrasi hamkorlik kengashi aʼzosi

Oleg Radevich Rijichenko

Oleg Radevich Rijichenko

“U-ENTER” Innovatsion tadbirkorlik markazi direktori · 2008