Asosiy kontentga o‘tish
Shanazarova Gulyoraxon Baxtiyarovna
Dotsent v.b.

Shanazarova Gulyoraxon Baxtiyarovna

Telefon:
+998 90-958-11-36

E-mail:
g.shanazarova@tsue.uz

Shanazarova Gulyoraxon Baxtiyarovna 2005-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. U 2012–2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. 

2014–2020-yillar mobaynida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment” kafedrasida assistent lavozimida mehnat qilgan. 2020–2024-yillarda ushbu kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida ishlab, o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash, darslar olib borish va talabalar bilan ishlashda faol ishtirok etgan. 2024-yilning dekabr oyidan buyon “Innovatsion menejment” kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Gulyoraxon Baxtiyarovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. U o‘z ilmiy izlanishlarini “Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari” mavzusida olib borgan. Uning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari strategik menejment, ekologik boshqaruv, innovatsion menejment va sifat menejmentini qamrab oladi . 

U “Innovatsion menejment” kafedrasida bakalavriat talabalariga mutaxassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tib keladi.

Shanazarova Gulyoraxon Baxtiyarovna “Ekologik menejment” (2021), “Brend menejment” (2022) va “Экологическое управление” (2024) fanlaridan darsliklar hamda “Iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanishning ekologik samaradorligini oshurish” (2023) mavzusidagi monografiya muallifi hisoblanadi.