Asosiy kontentga o‘tish
Kadirxodjayeva Nilufar Raxmatullayevna
Dotsent

Kadirxodjayeva Nilufar Raxmatullayevna

Telefon:
+998 90 123 15 48

E-mail:
n.kadirxodjayeva@tsue.uz

Kadirxodjayeva Nilufar Raxmatullayevna 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Ishlab chiqarish iqtisodi va boshqarish” yo‘nalishini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan oliy biznes maktabi o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

2003-yil sentyabrdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi assistenti lavozimida, 2005-yildan katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Menejment bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlarini olib borgan. Katta o‘qituvchi sifatida u o‘zi olib borgan darslar uchun o‘quv dasturi va o‘quv materiallarini ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, iqtidorli talabalar faoliyatiga rahbarlik qilgan.

Mehnat faoliyati davomida menejment yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish dasturlarida ishtirok etib, belgilangan namunadagi sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shu yillar davomida kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mas’ul professor-o‘qituvchi sifatida ham faoliyat olib borgan.

N. Kadirxodjayeva kafedrada asosan “Menejment”, “Xalqaro menejment”, “Sifat menejmenti”, “Ijtimoiy menejment”, “Ishlab chiqarish texnologiyalari” fanlari bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulot darslarini olib boradi. N. Kadirxodjayeva “Xalqaro menejment”, “Ishlab chiqarish texnologiyalari”, “Tashkiliy xulq” darsligi va “Oziq-ovqat sanoat texnologiyasi” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar muallifi hamda hammuallifidir. Shu bilan birga, u “Sanoat korxonalarida innovatsion strategik boshqaruv” nomli monografiya va ilmiy maqolalar muallifidir.

2021-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida “Korxonalarda konvergent strategik menejment samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda.