Skip to main content
“Korporativ boshqaruv” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi
ResearchJune 3, 2026149

“Korporativ boshqaruv” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi (original language)

2026 yil 3-iyun kuni Innovatsion menejment kafedrasining “Korporativ boshqaruv” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. (original language)

 

2026 yil 3-iyun kuni Innovatsion menejment kafedrasining “Korporativ boshqaruv” mutaxassisligi bitiruvchi kurs magistrlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ish beruvchi tashkilotlarda tashkil etilishi amaliyot va ta’lim integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Xususan, “Korporativ boshqaruv” magistratura mutaxassisligi magistrlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida tashkil etildi.

Himoya jarayonlarida YaDAK a’zolari bilan bir qatorda agentlik, uyushma va qo‘mitalarning rahbar hamda mutaxassis xodimlari sifatida ishtirok etdilar.

Magistrlar tomonidan taqdim etilgan, mamlakatimiz iqtisodiyoti va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan dolzarb ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va amaliyotchilar tomonidan yuqori baholandi.

(original language)