Menejment bo‘yicha doktorantura dasturi menejment nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalarini chuqur tadqiq etishga, yangi ilmiy bilimlar yaratishga hamda zamonaviy tashkilotlar oldida turgan murakkab boshqaruv muammolariga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Dastur doktorantlarda ilg‘or tadqiqot metodologiyasi, tanqidiy fikrlash, empirik tahlil va mustaqil ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari
Doktorantlar quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib borishlari mumkin:
- Strategik menejment va tashkilotlarning raqobatbardoshligi;
- Innovatsion menejment va raqamli transformatsiya;
- Inson kapitali va strategik HR menejment;
- Korporativ boshqaruv;
- Tashkiliy xulq-atvor va liderlik;
- Barqaror rivojlanish va ESG menejment;
- Tadbirkorlik va biznes modellar;
- Ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv va biznes analitika;
- O‘zgarishlar va transformatsiyalarni boshqarish;
- Risk menejmenti va tashkiliy barqarorlik.
Key Subjects
01 — Menejmentning ilg‘or nazariyalari
Zamonaviy menejment maktablari, tashkilot va boshqaruv nazariyalarining evolyutsiyasi hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘rganish.
02 — Menejment tadqiqotlari metodologiyasi
Ilmiy muammoni shakllantirish, tadqiqot dizaynini ishlab chiqish, nazariy model yaratish va ilmiy tadqiqot metodlarini tanlash.
03 — Ilg‘or miqdoriy va sifat tadqiqot usullari
Empirik ma’lumotlarni yig‘ish, statistik va sifat tahlili, tadqiqot natijalarini interpretatsiya qilish hamda ilmiy xulosalar ishlab chiqish.
04 — Strategik menejmentning zamonaviy muammolari
Raqobat strategiyalari, dinamik imkoniyatlar, tashkiliy raqobatbardoshlik va strategik qarorlar qabul qilishning zamonaviy nazariyalarini tadqiq etish.
05 — Innovatsiya va raqamli transformatsiya menejmenti
Texnologik o‘zgarishlar, raqamli biznes modellar, innovatsion ekotizimlar va tashkilotlarning raqamli transformatsiyasini boshqarish.
06 — Tashkiliy xulq-atvor va strategik liderlik
Liderlik, tashkiliy madaniyat, xodimlar xulq-atvori, motivatsiya va yuqori samarali tashkilotlarni shakllantirish masalalarini o‘rganish.
07 — Barqaror rivojlanish va ESG menejmenti
Ekologik, ijtimoiy va boshqaruv omillarining tashkilot strategiyasi, samaradorligi va uzoq muddatli barqarorligiga ta’sirini tadqiq qilish.
08 — Ilmiy nashr va akademik kommunikatsiya
Ilmiy maqolalar tayyorlash, xalqaro jurnallarga maqola yuborish, akademik yozuv, ilmiy taqdimot va tadqiqot natijalarini ommalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Siz egallaydigan ko‘nikmalar
Doktorantura davomida tadqiqotchilar:
- mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish;
- ilmiy muammolarni aniqlash va tadqiqot savollarini shakllantirish;
- nazariy va konseptual modellar ishlab chiqish;
- ilg‘or statistik va empirik metodlardan foydalanish;
- katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
- ilmiy maqolalar tayyorlash va nashr ettirish;
- xalqaro ilmiy bazalar va akademik manbalar bilan ishlash;
- ilmiy natijalarni amaliy boshqaruvga tatbiq etish
kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.
Ilmiy tadqiqot va dissertatsiya
Doktoranturaning asosiy qismi mustaqil ilmiy tadqiqot va dissertatsiyasini tayyorlashga qaratiladi.
Doktorant ilmiy rahbar bilan hamkorlikda tadqiqot mavzusini shakllantiradi, adabiyotlar tahlilini amalga oshiradi, tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqadi, empirik ma’lumotlar to‘playdi va tahlil qiladi hamda ilmiy yangilikka ega xulosalarni ishlab chiqadi.
Karyera imkoniyatlari
- universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida;
- xalqaro tashkilotlarda;
- davlat boshqaruvi va siyosat tadqiqot markazlarida;
- yirik korporatsiyalarda;
- konsalting kompaniyalarida;
- biznes va strategik tadqiqot markazlarida
ilmiy va professional faoliyat olib borishlari mumkin.

