
Khusanov Salokhiddin Dilshod ugli
Xusanov Salohiddin Dilshod o’g’li menejment yo‘nalishidagi tadqiqotchi va o‘qituvchi. Ilmiy qiziqishlari etakchilik (leadership) nazariyasi, strategik boshqaruv va innovatsion menejment sohalarini qamrab oladi. Hozirgi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Venchur kapital ekotizimida texnologik korxonalarning strategik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
U Buyuk Britaniyaning Leicester universitetida menejment yo‘nalishi bo‘yicha magistr (MSc) darajasini olgan 2023-yil; magistrlik dissertatsiyasi tashkiliy inqiroz va noaniqlik sharoitida etakchilik mavzusiga bag‘ishlangan. Shuningdek, u Chartered Management Institute (CMI) ning strategik boshqaruv va etakchilik amaliyoti bo‘yicha 7-daraja diplomiga ega. Bakalavr darajasini 2020-yilda olgan.
Akademik faoliyatga qadar u Artel Group Electronics kompaniyalarida ta’minot zanjirini boshqarish (supply chain management) sohasida ishlagan 2020-2022 yillar. Ushbu amaliy tajriba keyinchalik uning o‘qitish va tadqiqotlarida menejment nazariyasini real biznes amaliyoti bilan bog‘lashga xizmat qilmoqda.
2023-yil dekabrdan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qituvchi-assistent (Teacher Assistant / Lecturer) sifatida menejment, etakchilik va tashkiliy xulq-atvor yo‘nalishidagi fanlarni olib bormoqda. Bu davrda u “Menejmentga kirish”, “Risklarni boshqarish”, “Zamonaviy loyihalarni boshqarish”, “Innovatsion menejment va “Yetakchilik nazariyasi va amaliyoti” kabi fanlar bo‘yicha sillabuslar va o‘quv materiallari tayyorlagan.
U Yetakchilik nazariyasi bo‘yicha bir nechta ilmiy maqolalar muallifi hamda G.B. Shanazarova bilan hammualliflikda “Sifat menejmenti” (2026) darsligini tayyorlagan. O‘qitishda o‘yinlar, simulyatsiyalar va interaktiv dashbordlardan keng foydalanadi.
U o‘zbek, ingliz, rus va xitoy tillarida erkin muloqot qila oladi.
Ma’lumoti:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 08.00.13 – Menejment ixtisosligi bo‘yicha PhD doktoranturasi (venchur ekotizim va strategik boshqaruv mavzusida), 2026 – hozirgacha.
Leicester universiteti (Buyuk Britaniya) — Menejment magistri (MSc), 2022-2023.
Chartered Management Institute (CMI) — 7-daraja diplomi: Strategik boshqaruv va etakchilik amaliyoti, 2024-yil.
Stipendiya va mukofotlar
“El-yurt umidi” jamg‘armasi — milliy stipendiya sohibi, 2022-yil.
Mehnat faoliyati
2023-yil dekabr – hozirgacha
O‘qituvchi-assistent / o‘qituvchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
menejment, etakchilik va tashkiliy xulq-atvor fanlaridan ma’ruza va seminarlar olib borish
fanlar bo‘yicha sillabuslar yaratish va ularni institutsional standartlarga moslashtirish
interaktiv o‘quv vositalari ishlab chiqish: simulyatsiya o‘yinlari, dashbordlar, taqdimotlar
olimpiada savollari va namunaviy javoblar tayyorlash; talabalar bitiruv ishlarini ko‘rib chiqish
darsliklar uchun ekspert xulosalari tayyorlash; ABSBCP akkreditatsiyasi va talabalarning xorijda o‘qish stipendiyalari bo‘yicha ishlarda ko‘maklashish
2020 – 2022- yillar
Menejer, Artel Group Electronics / Techno Continental
ta’minot zanjirini boshqarish bo‘yicha amaliy vazifalar
Nashrlar va darsliklar
• BIG FIVE TRAIT THEORY AND ITS INFLUENCE ON MODERN LEADERSHIP PARADIGMS
• SAMARADORLIK, MOSLASHUVCHANLIK VA INSON KAPITALI: ZAMONAVIY BIZNES ETAKCHILIGINING INTEGRATIV
MODELI
• THE EVOLUTION OF LEADERSHIP: EMBRACING TEAM-BASED APPROACHES IN MODERN ORGANIZATIONS
• CRITICALLY EVALUATION THE CONTRIBUTION OF TRAIT BASED THEORIES TO CONTEMPORARY APPROACHES SUCH AS
TRANSFORMATIONAL, TRANSACTIONAL AND AUTHENTIC LEADERSHIP.

