Перейти к содержанию
САДИКОВА МУСЛИМА АЛИШЕР КИЗИ
Katta o'qituvchi

САДИКОВА МУСЛИМА АЛИШЕР КИЗИ

Кабинет:
1-bino, 33

Приём:
Juma 9:00-12:00

Sadikova Muslima Alisher qizi 2026-yil 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Aksiyadorlik kompaniyalari boshqaruv faoliyatida korporativ madaniyatni takomillashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunda u xalqaro korporativ boshqaruv, menejment, korporativ ijtimoiy mas’uliyat, personalni boshqarish, strategik boshqaruv, islomiy banklarda boshqaruv fanlaridan o’zbek, rus va ingliz tillarida universitet talabalariga dars berib kelmoqda.

U dastlab Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Menejment” yo’nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini (2014) olgan. Shundan so‘ng Toshkent moliya instituti “Menejment” mutaxasisligi bo’yicha magistraturani tamomlagan (2016). Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (2024) doktoranturani tugatgan.

Uning dastlabki mehnat faoliyati 2016-2020 yillarda Toshkent bank hisob-kredit kolleji “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlangan. Ushbu davrda u menejment, tadbirkorlik asoslari kabi fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari, taqdimotlar, tarqatma materiallar tayyorlagan, imtihon savollarini ishlab chiqqan.

2020–2024 yillarda u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Korporativ boshqaruv” kafedrasida katta ilmiy xodim–izlanuvchi sifatida PhD dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib borgan. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgach, o‘sha kafedrada pedagogik faoliyatni davom ettirgan va korporativ boshqaruv hamda uning amaliyotiga oid fanlardan dars bergan. 

Katta o‘qituvchi sifatida u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Innovatsion menejment” kafedrasida o‘qitiladigan fanlarning sillabuslarini yaratish, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va bakalavr talabalari bitiruv ishlariga ilmiy rahbarlik qilish bilan shug‘ullangan.

U xalqaro korporativ boshqaruv, islomiy banklarda boshqaruv, strategik menejment, korporativ ijtimoiy mas’uliyat, personalni boshqarish yo‘nalishlarida bir nechta adabiyotlar, o’quv qo’llanma, monografiyalar va maqolalarning muallifi va hammuallifidir.

Natijada u korporativ munosabatlar, menejment, HRM va oliy ta’lim sohalarida o‘n yildan ortiq ilmiy-pedagogik tajribaga ega bo‘ldi.

 

Ma’lumoti:

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 08.00.13 – Menejment ixtisosligida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2026 yil 

Toshkent moliya instituti — “Menejment” mutaxassisligi magistri, 2016 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti — “Menejment” yo’nalishi bakalavri, 2006 

 

Xalqaro treninglar

  • 2023- University of London & London School of Economics tomonidan tashkil etilgan “Loyiha boshqaruvi” (Project management)
  • 2024-Pittsburg state university, Kansas, USA – PDP PHASE 1 

Ish tajribasi

Innovatsion boshqaruv kafedrasi katta o’qituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2024-yil sentyabr – hozirgacha

  • “Korporativ boshqaruv” va “Menejment” bakalavr dasturlari uchun fanlar bo‘yicha sillabuslar yaratish 
  • ma’ruza o‘qish, taqdimotlar va o‘quv materiallari tayyorlash
  • imtihon savollarini ishlab chiqish

    PhD. tadqiqotchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 

    2021-yil yanvar – 2023-yil dekabr

    Korporativ boshqaruv kafedrasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    “Aksiyadorlik kompaniyalari boshqaruv faoliyatida korporativ madaniyatni takomillashtirish” PhD dissertatsiya, 

Korporativ boshqaruv kafedrasi assistenti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2020 yil sentabr-2021 yil yanvar

  • ma’ruza o‘qish, taqdimotlar va o‘quv materiallari tayyorlash
  • imtihon savollarini ishlab chiqish
  • o‘quv qo‘llanmalar, taqdimotlar, tarqatma materiallar tayyorlash, 

Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, Toshkent bank hisob-kredit kolleji, 

2016 yil, sentabr-2020 yil iyun

  • fanlardan ma’ruza o‘qish
  • o‘quv qo‘llanmalar, taqdimotlar, tarqatma materiallar tayyorlash

imtihon savollarini tuzish

(на языке оригинала)
Языки:O'zbek · Rus · Ingliz