
60411200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi (на языке оригинала)
2026-yil 8-iyun kuni 60411200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi huzuridagi “Innovatsion menejment” kafedrasi filialida yuqori saviyada tashkil etildi. (на языке оригинала)


2026-yil 8-iyun kuni 60411200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi huzuridagi “Innovatsion menejment” kafedrasi filialida yuqori saviyada tashkil etildi.
Himoya jarayonida 5 nafar bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan innovatsion takliflar hamda tarmoq va korxonalar rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini aks ettiruvchi loyihalar mutaxassislar va soha ekspertlari tomonidan katta qiziqish bilan baholandi. Ularning analitik fikrlashi va kasbiy kompetensiyalari Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan munosib e’tirof etildi.
Mazkur himoya jarayoni oliy ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lib, ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasi raqobatbardosh hamda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
(на языке оригинала)
