info@tsue.uz +998 71 239 28 30
Information

Azlarova Munira Muxammad-Amin qizi
“Innovatsion menejment” kafedrasi dotsenti, PhD
------
Contact

m.azlarova@tsue.uz
+998 71 239 28 30
------
Индексы

Google Scholar: Link
Scopus: Link
WoS h-index: Link

Azlarova Munira Muxammad-Amin qizi

“Innovatsion menejment” kafedrasi dotsenti, PhD

Azlarova Munira Muxammad-Amin qizi mehnat faoliyatini 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Savdo menejmenti” kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida boshlagan.

2005 yil sentabr oyidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. U o‘z faoliyati davomida kafedrada dars berishni davom ettirgan va Menejment  bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlarini olib borgan. Katta o‘qituvchi sifatida u o‘zi olib borgan darslar uchun o‘quv dasturi va o‘quv materiallarini ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, iqtidorli talabalar faoliyatiga rahbarlik qilgan.

2021 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 08.00.11 – “Marketing” mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida “Iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish (qandolat mahsulotlari misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. M.Azlarova 2023 yil 17 aprelda ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Mehnat faoliyati davomida menejment va marketing yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish dasturlarida ishtirok etib, belgilangan namunadagi sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shu yillar davomida kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha mas’ul professor-o‘qituvchi sifatida ishlab kelmoqda.

M.Azlarova kafedrada asosan “Menejment”, “Taym menejmenti”, “PR-menejmenti” fanlari bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulot darslarini olib boradi.  M.Azlarova “Menejment. Marketing” darsligi va “Inson resurslarini boshqarish”, “Yengil sanoat texnologiyasi”,  “PR-menejmenti” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Shu bilan birga, u menejment, marketing, inson resurslarini boshqarish va oliy ta’lim sohalarida bir nechta kitoblar, monografiyalar va ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifidir.

2024 yil 1-otyabrdan buyon Innovatsion menejment kafedrasi dotsent sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda.

Bugungi kunda M.Azlarova “Qandolat mahsulotlari bozorini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

Ta’lim

1992-1997 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi)

1998-2001 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspirantura (kunduzgi)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti / Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Marketing / Menejment / Aprel. 2023 yil

История работы

2001-2005 - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Savdo menejmenti kafedrasi katta o‘qituvchisi

2005-2023 yillar. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi

2024 yil - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti

Статьи
Книги
Презентации
Проекты
События
Видео

Список статей

Полное имя Связь

Список книг

Полное имя Связь

Список презентаций

Полное имя Связь

Список проектов

Полное имя Связь

Список событий

Полное имя Связь

Список видео

Видео пока не опубликовано.