info@tsue.uz +998 71 239 28 30
Information

Yaxyayeva Inobat Karimovna
Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti
Wednesday from 2:00 PM to 3:00 PM
Contact

i.yaxyaeva@tsue.uz
+998 71 239 28 30
------
Индексы

Google Scholar: Link
Scopus: Link
WoS h-index: Link

Yaxyayeva Inobat Karimovna

Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti

Yaxyayeva Inobat Karimovna 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Marketing” yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan.

U 1999–2001 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida aspiranturada tahsil olgan. 2002–2005 yillarda shu universitetning “Savdo menejmenti” kafedrasida assistent sifatida mehnat qilgan. 2005–2021 yillar mobaynida “Menejment” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab, o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash, darslar olib borish va talabalar bilan ishlashda faol ishtirok etgan. 2022 yildan esa ushbu kafedrada dotsent sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2021 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida “To‘qimachilik korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. 2022 yil 12 dekabr kuni mazkur dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Inobat Karimovna “Innovatsion menejment” kafedrasida bakalavriat talabalariga “Menejment”, “Operatsion menejment”, “Ishlab chiqarish menejmenti” fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tib keladi.

U 2016, 2019 va 2022 va 2025 yillarda TDIU PKQT va UMOTMda menejment yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirib, tegishli sertifikatlarni olgan. Shuningdek, 2022 yil 12–25 fevral kunlari Ural davlat iqtisodiyot universitetida 144 soatlik malaka oshirish kursini tamomlagan.

Yaxyayeva Inobat Karimovna “Operatsion menejment” va “Ishlab chiqarish menejmenti” fanlaridan darslik hamda “Loyihalarni boshqarish” fanidan   o`quv qo`llanma, ning muallifi hisoblanadi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan.

2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Senati Xotin-qizlar, oila va gender tenglik qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan.

 2024 yildan  buyon Innovatsion menejment kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Статьи
Книги
Презентации
Проекты
События
Видео

Список статей

Полное имя Связь

Список книг

Полное имя Связь

Список презентаций

Полное имя Связь

Список проектов

Полное имя Связь

Список событий

Полное имя Связь

Список видео

Видео пока не опубликовано.